Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Vayssenxaus shahrida bo‘lib o‘tayotgan Freestyle Chess Gram Slam turnirida amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi tay-breykning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini o‘tkazdi.
Vayssenxausda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan nufuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Tay-bryekning birinchi uchrashuvida Sindorov g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda o‘tkazgan Javohir yana Nakamurani mag‘lub etdi.
Javohir Sindorov Freestyle Chess Gram Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, yana bir chorak final o‘yinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashchiy va sobiq jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen blits bo‘yicha jahon chempionati (JCH) g‘olibi bo‘lgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan