fbpx Betguru » Zidan «MYU» taklifini rad etgani sabablari ma’lum bo‘ldi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Zidan «MYU» taklifini rad etgani sabablari ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted» rahbariyatining Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga yangi bosh murabbiy sifatida Zineddin Zidanni taklif etish harakatlari zoye ketdi.

Suatro xabariga ko‘ra, «Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «MYU»ni boshqarish haqidagi taklifni olgani bilan muzokaraga kirishmay, rad javobini bergan.

Qayd etilishicha, fransiyalik 49 yoshli mutaxassis ingliz tilini yaxshi bilmasligi va rafiqasining Angliyaga ko‘chib o‘tishni xohlamasligi sababli «MYU» taklifini qabul qilmagan.

Zineddin murabbiylar faoliyatiga qaytsa ham Fransiya milliy jamoasi yoki «PSJ» klubini boshqarmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» yakshanba kuni Sulsherni iste’foga chiqardi. Jamoani navbatdagi bahsga Maykl Kerrik tayyorlaydi

image