fbpx Betguru » Yuventus» Lokatelli transferini e’lon qildi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

Yuventus» Lokatelli transferini e’lon qildi

«Sassuolo» yarimhimoyachisi Manuel Lokatelli «Yuventus» futbolchisiga aylandi, deya xabar bermoqda Turin klubi rasmiy sayti.

«Yuventus» Lokatellini 35 million yevroga sotib olish huquqi bilan 2 yillik ijaraga oldi. Tomonlar 2026 yilga qadar shartnoma imzolashdi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli tayanch yarimhimoyachisi A Seriya o‘tgan mavsumida 34 o‘yinda 4ta gol va 2ta assist amalga oshirgandi. Yevro-2020da esa Italiya milliy jamoasi safida 5 o‘yinda 2ta gol kiritib, qit’a chempioniga aylandi.

image