fbpx Betguru » Yevropa Ligasi. «MYU» «Roma»ga 6ta gol urdi, «Arsenal» mehmonda «Vilyarreal»ga yutqazdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «MYU» «Roma»ga 6ta gol urdi, «Arsenal» mehmonda «Vilyarreal»ga yutqazdi

Yevropa Ligasida yarimfinalning dastlabki bahslari bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Roma» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Kavani va Fernandesh dublga erishgan bo‘lsa, Pogba va Grinvud ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlardan Pellegrini va Jeko to‘p kiritishdi.

Angliyaning boshqa bir jamoasi «Arsenal» Ispaniyada «Vilyarreal»dan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Trigeros va Albiolning gollariga Pepe javob berdi.

Javob bahslari 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi, 1/2 final, 29 aprel

Manchester Yunayted — Roma 6:2
Gollar: Fernandesh (9, 71 penalti), Kavani (48, 64), Pogba (75), Grinvud (86) — Pellegrini (15, penalti), Jeko (34).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelyof, Shou, Maguayr, Uan-Bissaka, Fred (Matich, 83), Pogba, Maktominey, Fernandesh (Mata, 89), Kavani, Reshford (Grinvud, 76).
Roma – Lopes (Mirante, 28), Karsdorp, Smolling, Rojer, Spinatssola (Bruno Peres, 37), Veretu (Vilyar, 5), Kristante, Mxitaryan, Diavara, Pellegrini, Jeko.
Ogohlantirishlar: Vilyar (50), Pogba (51), Smolling (61).

Vilyarreal — Arsenal 2:1
Gollar: Trigeros (5), Albiol (29) — Pepe (73).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Mario Gaspar, 70), Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Alberto Moreno, 80), Parexo, Kapu, Trigeros (Moyses Gomes, 81), Chukvueze, Jerar Moreno, Pako Alkaser (Koklen, 46).
Arsenal – Leno, Chembers, Mari, Holding, Smit-Rou (El-Nenni, 90+5), Parti, Edegor (Martinelli, 63), Jaka, Pepe (Villian, 90+5), Sebalos, Saka (Obameyang, 85).
Ogohlantirishlar: Pau Torres (37), Sebalos (44), Parti (57), Kapu (67), Obameyang (90).
Chetlatishlar: Sebalos (57), Kapu (80

image