fbpx Betguru » Yevropa Ligasi. «Lester» Dakaning pokeri evaziga Moskvada «Spartak» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «Lester» Dakaning pokeri evaziga Moskvada «Spartak» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Yevropa Ligasida S guruhida 3-turning dastlabki o‘yinida «Lester» mehmonda «Spartak» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Sobolev (2ta) va Larsson tomonidan kiritilgan to‘plarga Daka pokeri bilan javob berdi.

Ilk g‘alabasiga erishgan «Lester» 4 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. 3 ochkoga ega «Spartak» 3-o‘ringa tushdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida 21 oktyabrda «Napoli» (1 ochko) «Legiya»ni (6) qabul qiladi.

Yevropa Ligasi. 3-tur
S guruhi
Spartak — Lester 3:4
20 oktyabr, «Otkritiye Arena»
Gollar: Sobolev (11, 85), Larsson (44) — Daka (45, 48, 54, 79).
Spartak – Maksimenko, Jikiya, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Mozes, Litvinov, Zobnin (Ignatov, 69), Bakayev (Promes, 68), Larsson (Lomovitskiy, 90), Sobolev.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra (Olbrayton, 60), Evans (Vestergor, 82), Amarti, Suyunchi, Tomas (Bertran, 82), Tilemans (Chouduri, 65), Meddison, Sumare, Iheanacho, Daka.
Ogohlantirishlar: Rikardu Pereyra (30), Litvinov (33), Sumare (88), Lomovitskiy (90

image