Yevro-2020. Shvetsiya Slovakiyani mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
Yevro-2020 «Ye» guruhi 2-turi doirasida Shvetsiya milliy jamoasi Slovakiya ustidan g‘alabaga erishdi. Читать на Рус языке
Sankt-Peterburgda o‘tgan Shvetsiya – Slovakiya bahsida Emil Forsbergning 77-daqiqada penaltidan kiritgan yagona goli shvedlarga muhim g‘alabani keltirdi – 1:0.
Natijada, Shvetsiya ushbu g‘alaba bilan ochkolari sonini 4taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. Slovakiya esa 3 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Guruhdagi ikkinchi o‘yin ertaga, 19 iyun kuni Ispaniya va Polsha o‘rtasida o‘tadi.
Yevro-2020. 2-tur. 18 iyun
Shvetsiya – Slovakiya 1:0
Gol: 1:0 – 77, penalti Forsberg.
Shvetsiya – Olsen, Lyustig, Augustinsson, Danielsson, Lindelef, Ekdal, Olsson (Klasson, 64), Larsson, Forsberg, Isak, Berg (Kvayson, 64).
Slovakiya – Dubravka, Shatka, Shkrinyar, Pekarik (Garaslin, 64), Kosselnik, Kutska, Gamshik (Benesh, 77), Mak (Vayss, 76), Groshovski (Dyurish, 84), Duda, Gubochan (Gansko, 85).