fbpx Betguru » Yevro-2020. Niderlandiya Ukrainaga qarshi gollarga boy o‘yinda g‘alabani ilib ketdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Niderlandiya Ukrainaga qarshi gollarga boy o‘yinda g‘alabani ilib ketdi

Yevropa chempionatida S guruhida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Читать на Рус языке

Markaziy bahsda Niderlandiya o‘z maydonida Ukrainani qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Shevchenko jamoasi ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. Ammo 85-daqiqada Dyumfris mezbonlarga 3 ochko keltiradigan to‘pni kiritdi.

Guruhning dastlabki o‘yinida Avstriya Shimoliy Makedoniyadan (3:1) ustun kelgandi.

Yevro-2020. S guruhi. 1-tur

Niderlandiya — Ukraina 3:2
13 iyun, «Yohan Yeroyff Arena»
Gollar: Veynaldum (52), Vegorst (59), Dyumfris (85) — Yarmolenko (75), Yaremchuk (79).
Niderlandiya – Stekelenburg, Dumfris, de Vrey, Blind (Ake, 64), van Anxolt (Veyndal, 64), Veynaldum, de Yong, de Ron, Timber (Veltman, 88), Depay (Malen, 90+1), Vegorst (de Yong, 88).
Ukraina – Buan, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Karavayev, Zinchenko, Sidorchuk, Zubkov (Marlos, 13; Shaparenko, 64), Malinovskiy, Yarmolenko, Yaremchuk.

image