fbpx Betguru » Yevro-2020. Niderlandiya Avstriyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Niderlandiya Avstriyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi

Yevropa chempionatida S guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. Читать на Рус языке 

Niderlandiya Avstriyani qabul qilib, Depay va Dumfrisning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi hamda pley-offga yo‘l olgan 3-jamoaga (Italiya va Belgiyadan keyin) aylandi.

Niderlandiya 6 ochko bilan muddatidan avval 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 3 ochkodan jamg‘argan Avstriya va Ukraina so‘nggi turdagi o‘zaro o‘yinda 2-o‘rin masalasini hal qilishadi. Ochkosiz Shimoliy Makedoniya so‘nggi pog‘onaga joylashgan.

Yevro-2020. S guruhi. 2-tur
Niderlandiya — Avstriya 2:0
17 iyun, «Yohan Kroyff Arena»
Gollar: Depay (11, penalti), Dumfris (67).
Niderlandiya – Stekelenburg, van Anxolt (Veyndal, 65), Blind (Ake, 64), de Vrey, Dumfris, Frenki de Yong, de Ron (Gravenberx, 74), Veynaldum, de Ligt, Vegorst (Malen, 64), Depay (Lyuk de Yong, 82).
Avstriya – Bahmann, Layner, Alaba, Dragovich (Linxart, 84), Ulmer, Laymer (Grillich, 62), Shlager (Onisivo, 84), Baumgartner (Lazaro, 70), Zabitser, Hinteregger, Gregorich (Kalayjich, 62).
Ogohlantirishlar:. Alaba (10), de Ron (14), Baxmann (67).

image