Yevro-2020. Italiya ochilish uchrashuvida Turkiyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Rimda o‘tgan Italiya – Turkiya bahsi bilan Yevro-2020 turniriga start berildi. Читать на Рус языке
Uchrashuvning 53-daqiqasiga kelib turkiyalik himoyachi Demirel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 66-daqiqada italiyalik goleador Immobile farqni ikkitaga oshirdi, 79-daqiqada esa Insine «moviy gvardiya»ning yirik g‘alabasini ta’minladi – 3:0.
Natijada Italiya yirik hisobli g‘alaba bilan boshlab, 3 ochko bilan «A» guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Uels – Shveysariya bahsi ertaga, 12 iyul kuni o‘tkaziladi.
Yevro-2020. «A» guruhi.
Turkiya – Italiya – 0:3
Gollar: 0:1 – 53, avtogol Demiral, 0:2 – 66 Immobile, 0:3 – 79 Insine.
Turkiya – Chaqir, Chelik, Merash, Demiral, Suyunju, Tufon (Ayxan, 64), Yaziji (Under, 46), Yokushlu (Qahvachi, 65), Chalxano‘g‘li, Yilmaz, Karaman (Dervishoglu, 76).
Italiya – Donnarumma, Spinatssola, Kellini, Bonuchchi, Florensi (Di Lorenso, 46), Jorjino, Lokatelli (Kristante, 74), Insine (Keza, 81), Barella, Berardi (Bernardeski, 85), Immobile (Belotti, 81)