fbpx Betguru » Yevro-2020. Italiya guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi, Uels ham 1/8 finalda, Shveysariya qolgan guruhlarni kutadi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Italiya guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi, Uels ham 1/8 finalda, Shveysariya qolgan guruhlarni kutadi

Yevropa chempionatida A guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Читать на Рус языке

Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilgan Italiya Uels ustidan g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi. Britaniyaliklar mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l olishdi.

Shveysariya Turkiyadan ustun kelib, ochkolar soni bo‘yicha (4) Uelsga yetib oldi. Ammo to‘plar nisbatidagi farq tufayli Petkovich jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shveysariyada umid bor — jamoa eng yaxshi 3-o‘rinlar qatorida pley-offga chiqishi mumkin. Turklar esa turnirni ochkosiz holda tark etishdi.

Yevro-2020. A guruhi. 3-tur
Italiya — Uels 1:0
Gol: Pessina (39).
Italiya – Donnarumma (Sirigu, 89), Emerson, Bastoni, Bonuchchi (Acherbi, 46), Toloi, Pessina (Kastrovilli, 87), Jorjino (Kristante, 75), Bernardeski (Raspadori, 75), Verratti, Keza, Belotti.
Uels – Uord, Uilyams (Devis, 86), Rodon, Roberts, Ampadu, Remzi, Allen (Lyuitt, 87), Beyl (Bruks, 86), Morrell (Mur, 60), Jeyms (Uilson, 74), Ganter.
Ogohlantirishlar: Allen (51), Pessina (79), Ganter (79).
Chetlatish: Ampadu (55).

Shveysariya — Turkiya 3:1
Gollar: Seferovich (6), Shakiri (26, 68) — Qahvachi (62).
Shveysariya – Zommer, Akanji, Elvedi, Rodriges, Vidmer, Jaka, Froyler, Suber (Benito, 85), Shakiri (Vargas, 76), Embolo (Mehmedi, 85), Seferovich (Gavranovich, 75).
Turkiya – Chaqir, Suyunchi, Demiral, Myuldyur, Ayxan (Yokushlu, 63), Chalxono‘g‘li (To‘kiz, 86) Under (Karaman, 80), To‘fon (Yaziji, 63), Qaxvachi (Kyokchu, 80), Chelik, Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘li (70), Chelik (75), Suyunchi (76), Jaka (78).

image