fbpx Betguru » Yevro-2020. Ispaniya kambek va gollarga boy dramatik o‘yinda Xorvatiyani mag‘lub etib, 1/4 finalga yo‘l oldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Ispaniya kambek va gollarga boy dramatik o‘yinda Xorvatiyani mag‘lub etib, 1/4 finalga yo‘l oldi

Yevropa chempionati 1/8 finalida Ispaniya Xorvatiya bilan to‘qnash kelib, 120 daqiqa davom etgan dramatik bahsda g‘alabaga erishdi. Читать на Рус языке

Bellashuvning asosiy vaqtida dastlab Ispaniya, so‘ng Xorvatiya kambek qilib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib borishdi. Ammo overtaymlarning birinchisida Morata va Oyarsabal tomonidan kiritilgan to‘plar ispanlarga chorakfinal yo‘llanmasini taqdim etdi.

Ispaniya 1/4 finalda Fransiya — Shveysariya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Yevro-2020. 1/8 final
Xorvatiya — Ispaniya 3:5
28 iyun, «Parken Stedium»
Gollar: Pedri (20, avtogol), Orshich (85), Pashalich (90+2) — Sarabiya (38), Aspilikueta (57), Torres (77), Morata (100), Oyarsabal (103).
Xorvatiya – Livakovich, Chaleta-Sar, Gvardiol, Yuranovich (Brekalo, 74), Vida, Kovachich (Budimir, 79), Modrich (Ivanushets, 114), Vlashich (Pashalich, 79), Brozovich, Rebich (Orshich, 67), Petkovich (Kramarich, 46).
Ispaniya – Unai Simon, Gayya (Alba, 78), Aspilikueta, Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 72), Sarabiya (Olmo, 72), Koke (Fabian Ruis, 78), Pedri, Buskets (Rodri, 101), Ferran Torres (Oyarsabal, 88), Morata.
Ogohlantirishlar: Brozovich (73), Chaleta-Sar

image