fbpx Betguru » YeCHL. Ronaldu va Sanchoning gollari «MYU»ni pley-offga olib chiqdi, «Bavariya» Kiyevda g‘alaba qozondi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

YeCHL. Ronaldu va Sanchoning gollari «MYU»ni pley-offga olib chiqdi, «Bavariya» Kiyevda g‘alaba qozondi

Yevropa Chempionlar Ligasida 5-tur bahslari boshlandi.

F guruhida «Manchester Yunayted» (10) mehmonda «Vilyarreal»ni (7) Ronaldu va Sanchoning gollari evaziga mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Jeydon mankunianliklar safidagi debyut golini urdi.

Ye guruhida «Bavariya» (15) 5-o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Levandovski va Komanning gollari myunxenliklarga Kiyevda «Dinamo» (1) ustidan 3 ochko keltirdi.

YeCHL. 5-tur. 23 noyabr

Ye guruhi
Dinamo K — Bavariya 1:2
Gollar: Garmash (70) — Levandovski (14), Koman (42).
Dinamo K – Buan, Kendzera (Karavayev, 76), Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Sidorchuk, Buyalskiy, de Pena (Garmash, 46), Sigankov, Shaparenko, Shkurin (Vitino, 46).
Bavariya – Noyer, Pavar, Ernandes (Sarr, 46), Nyanzu (Tillman, 85), Devis, Richards, Goretska, Tolisso, Myuller, Levandovski, Koman (Roka, 67), Sane (Richards, 88).

F guruhi
Vilyarreal — MYU 0:2
Gollar: Ronaldu (78), Sancho (90).
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Torres, Estupinyan (Raba, 79), Pino (Chukvueze, 73), M.Gomes, Kapu, Parexo, Dia, Trigeros (A.Moreno, 73), Danjuma.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Telles, Fred, van de Bek (Fernandesh, 66), Mayetominey, Sancho (Mata, 90+3), Ronaldu (Matich, 90+2), Marsyal (Reshford, 66).

image