fbpx Betguru » YeCHL. «Real» 90-daqiqadagi gol evaziga «Inter»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» 5ta gol urilgan o‘yinda «Milan»dan ustun keldi va boshqa natijalar
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Real» 90-daqiqadagi gol evaziga «Inter»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» 5ta gol urilgan o‘yinda «Milan»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur bahslari yakunlandi.

A guruhida «PSJ» Belgiyada «Bryugge»ni yenga olmadi. «Manchester Siti» «Leypsig» bilan gollarga boy bahsda 6:3 hisobida ustun keldi.

V guruhida «Liverpul» 8 yillik tanaffusdan so‘ng YeCHLga qaytgan
«Milan»ni mag‘lub etdi. «Atletiko» Madridda «Portu» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

S guruhida «Ayaks» Allerning pokeri evaziga «Sporting»ni tor-mor etdi. «Borussiya» D Turkiyadan 3 ochko bilan qaytdi.

D guruhida «Real «Inter» mehmoni bo‘lib, 90-daqiqada Rodrigo tomonidan kiritilgan to‘p evaziga g‘olib bo‘ldi. Debyutant «Sherif» Donetskning «Shaxtyor»ini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Moldova klubi safida o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev turnirdagi ilk o‘yinini o‘tkazib, 67 daqiqa harakat qildi.

YeCHL. 1-tur. 15 sentyabr

A guruhi
Manchester Siti — Leypsig 6:3
Gollar: Ake (16), Mukiele (28, avtogol), Mahrez (45+2, penalti), Grilish (56), Kanselu (75), Jezus (85) — Nkunku (42, 51, 73).
Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Ake, Diash, Zinchenko, de Bryuyne (Foden, 71), Bernardu Silva (Gundo‘g‘an, 59), Rodri (Fernandino, 59), Grilish (Jezus, 81), Mahrez, Torres (Sterling, 72).
Leypsig: Gulachi, Mukiyele, Orban, Klostermann, Anxelino, Forsberg (Soboslai, 61), Laymer (Aydara, 60), Nkunku (Gvardiol, 81), Olmo (Brobbi, 72), Adams, Andre Silva (Poulsen, 60).
Chetlatish: Anxelino (79).

Bryugge — PSJ 1:1
Gollar: Vanaken (27) — Errera (15).
Bryugge: Minole, Mata, Hendri, Nsoki, Sobol, Soua, Rits, Vanaken, Balanta, de Ketelare, Lang.
PSJ: Navas, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Diallo (Mendesh, 75), Veynaldum (Draksler, 46), Errera, Paredes (Danilu Pereyra, 46), Messi, Neymar, Mbappe (Ikardi, 51).

V guruhi
Liverpul — Milan 3:2
Gollar: Tomori (9, avtogol), Saloh (49), Henderson (69) — Rebich (42), Dias (44).
Amalga oshirilmagan penalti: Saloh (14).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Gomes, Robertson, Henderson (Milner, 84), Fabino, Keyta (Alkantara, 71), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 84), Origi (Mane, 63), Jota (Jons, 71).
Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Kessie, Binnosir (Tonali, 71), Salemakers (Florensi, 62), Rebich (Maldini, 83), Leau (Jiru, 62), Dias.

Atletiko — Portu 0:0
Atletiko – Oblak, Felipe (Errera, 75), Ximenes, Ermoso (Lodi, 56), Lorente, Karrasko, Koke (Korrea, 56), Kondogbia, Lemar (de Paul, 36), Suares, Felish (Grizmann, 56).
Portu – Diogu Koshta, Pepe (Markano, 54), Mbemba, Sanusi (Vendel, 46), Otavio, Uribe (Vitinya, 66), Gruyich, Korona, Taremi, Toni Martines (Serjiu Oliveyra, 66), Dias (L.Pepe, 84).

S guruhi
Sporting — Ayaks 1:5
Gollar: Paulino (33) — Aller (2, 9, 51, 63), Bergeys (39).
Sporting – Adan, Porro, Netu, Feddal, Inasiu, Vinagre, Palinya, Nunes, Santush, Paulinyu, Kabral.
Ayaks – Pasveyer, Mazraui, Martines, Timber, Blind, Alvares, Gravenberx, Tadich, Bergeys, Aller, Antoni.

Beshiktosh — Borussiya D 1:2
Gollar: Montero (90+4) — Bellingem (20), Holand (45+3).
Beshiktosh – Destano‘g‘li, Roze, Velinton, Montero, Nsakala, G‘azzol (To‘ra, 89), Hatchinson (Uchan, 78), Pyanich, Souza, Batshuayi, Larin (Karaman, 61).
Borussiya D – Kobel, Mene, Hummels (Pongrachich, 70), Akanji, Gerreyru, Brandt (Vitsel, 46), Daud, Bellingem (Volf, 69), Roys, Malen (Mukoko, 70), Holand (Knauff, 86).

D guruhi
Inter — Real 0:1
Gol: Rodrigo (90).
Inter – Handanovich, Darmian (Damfris, 55), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Dimarko, 55), Brozovich, Chalxono‘g‘li (Vidal, 65), Barella (Vesino, 84), Jeko, Martines (Korrea, 65).
Real – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Alaba, Modrich (Kamavinga, 80), Kazemiro, Valverde, Vaskes (Rodrigo, 65), Benzema, Vinisius (Asensio, 90+2).

Sherif — Shaxtyor 2:0

image