fbpx Betguru » YeCHL. «PSJ» va «Chelsi» yarimfinalda, amaldagi chempion — «Bavariya» turnirni tark etdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «PSJ» va «Chelsi» yarimfinalda, amaldagi chempion — «Bavariya» turnirni tark etdi

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinalga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

«Bavariya» Parijdagi javob bahsida minimal hisobda g‘alaba qozondi, ammo safardagi gollar «PSJ»ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

«Chelsi» «Portu»ga qarshi ikkinchi o‘yinda qo‘shib berilgan daqiqalarda supergol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi, lekin dastlabki bellashuvdagi ikki gol hisobiga turnirdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Parij klubi 1/2 finalda «Borussiya» D — «Manchester Siti» (1:2) g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Londonliklarga esa «Liverpul» — «Real» (1:3) juftligida ustun kelgan jamoa qarshi chiqadi.

YeCHL, 1/4 final, 13 aprel

PSJ — Bavariya 0:1
Gol: Shupo-Moting (40).
PSJ – Navas, Dagba, Diallo (Bakker, 58), Kimpembe, Paredes, Danilu Pereyra, Guye, Draksler (Ken, 73), Di Mariya (Errera, 88), Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyer, Boateng, Lyuka Ernandes, Pavar, Alaba, Myuller, Kimmix, Koman, Sane, Shupo-Moting (Xavi Martines, 85), Devis (Musiala, 71).
Ogohlantirishlar: Alaba (52), Dagba (55), Myuller (68), Errera (90)
Birinchi o‘yin — 3:2.

Chelsi — Portu 0:1
Gol: Torimiy (90+3).
Chelsi – Mendi, Chiluell, Ryudiger, Silva, Jeyms, Pulishich, Jorjino, Haverts (Jiru, 90+2), Kante, Maunt (Ziyosh, 86), Aspilikueta.
Portu – Marchesin, Pepe, Mbemba, Sanusi, Manafa (Nanu, 75), Otavio, Serjiu Oliveyra (Fabiu Viyeyra, 84), Marega (Evanilson, 75), Uribe, Korona (Dias, 75), Gruyich (Torimiy, 63).
Ogohlantirishlar: Serjiu Oliveyra (46), Korona (74), Pepe (82), Dias (88), Torimiy (90+5).
Birinchi o‘yin — 2:0.

image