fbpx Betguru » YeCHL. «Chelsi» «Yuve»ni tor-mor etib, pley-offga yo‘l oldi. «Barsa» «Benfika»ni yuta olmay, vaziyatini murakkablashtirdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Chelsi» «Yuve»ni tor-mor etib, pley-offga yo‘l oldi. «Barsa» «Benfika»ni yuta olmay, vaziyatini murakkablashtirdi

Chempionlar Ligasida 4ta guruhda 5-tur o‘yinlari yakunlandi.

Ye guruhida «Barselona» (7) o‘z uyida «Benfika»ni (5) mag‘lub etolmay, pley-offga chiqish masalasini qiyinlashtirib yubordi. Kataloniya klubi 6-turda «Bavariya» (15) mehmoni bo‘lsa, «Benfika» «Dinamo» Kiyevni (1) qabul qiladi.

F guruhida «Atalanta» (6) «Yang Boyz» (4) bilan jangovar durang qayd etdi. Bergamo klubi so‘nggi turda «Vilyarreal» (7) bilan bahsda pley-off yo‘llanmasi uchun jang qiladi. «MYU» (10) 1/8 final masalasini hal qilib ulgurgan.

G guruhida «Lill» (8) o‘z uyida «Zalsburg»ni (7), «Sevilya» (6) «Volfsburg»ni (5) mag‘lub etdi. So‘nggi tur oldidan barcha jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

N guruhida «Chelsi» (12) «Yuventus»ni (12) tor-mor etib, pley-offga chiqdi va shu bilan birga 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Zenit» (4) esa Shvetsiyada «Malmyo» (1) bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qolib, Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.

YeCHL. 5-tur. 23 noyabr

Ye guruhi
Barselona — Benfika 0:0
Barselona – ter Stegen, Pike, Langle (Dest, 86), Arauxo (Garsiya, 87), Alba, Buskets, de Yong, Niko, Gavi, Demir (Dembele, 66), Depay.
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Almeyda, Grimaldo (Seferovich, 81), Mariu (Taarabt, 59), R.Silva (Lazaro, 70), Vaygl, Seferovich, Yaremchuk (Nunes, 59), Everton (Pitssi, 70).

F guruhi
Yang Boyz — Atalanta 3:3
Gollar: Sebatsho (39), Serro (80), Hefti (84) — Sapata (10), Palomino (51), Muriel (88).
Yang Boyz – Fevr, Hefti, Byurgi, Lauper, Garsiya, Martins Pereyra, Ebisher, Rider (Serro, 67), Ngamale, Sebatsho (Aka, 88), Elia (Mambimbi, 67).
Atalanta – Musso, Dzappakosta (Petssella, 46), Palomino, Toloi, Demiral (Gimshiti, 71), Mele (Muriel, 88), de Ron, Froyler (Pessina, 78), Pashalich (Kopmeyners, 71), Malinovskiy, Sapata.

G guruhi
Lill — Zalsburg 1:0
Gol: Devid (31).
Lill – Grbich, Chelik, Fonte, Jalo, Reynildu, Sheka, Sanshesh, Vea (Yaziji, 84), Yilmaz (Onana, 70), Devid (Lihaji, 90+3), Bamba.
Zalsburg – Ken, Kristensen, Ongene, Veber, Ulmer, Suchich (Kapaldo, 59), Zayvald (Bernardo, 85), Kamara, Aaronson (Kergaard, 85), Adeyemi, Sheshko (Adamu, 59).

Sevilya — Volfsburg 2:0
Gollar: Xordan (13), Mir (90+7).
Sevilya – Bunu, Montel, Karlos (Augustinsson, 90+4), Kunde, Akunya, Rakitich (Rekik, 90+4), Fernando, Xordan (Dileyni, 82), Gomes (Torres, 80), Okampos, Munir (Mir, 80).
Volfsburg – Pervan, Gilavogi, Bruks (Ginchek, 88), Lakrua, Russiyon (Otavio, 75), Baku (Mbabu, 75), Arnold, Gerhardt (Filipp, 65), Vranks (Lukebakio, 75), Vegorst, Nmecha.

N guruhi
ChelsiYuventus 4:0
Gollar: Chaloba (25), Jeyms (56), Hadson-Odoi (58), Verner (90+5).
Chelsi – Mendi, Jeyms, Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell (Aspilikueta, 71), Saul, Maunt, Jorjino (Saul, 76), Kante (Loftus-Chik, 37), Ziyosh, Pulishich

image