fbpx Betguru » Yaponiya o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Yaponiya o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

FIFA kunlari munosabati bilan milliy jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlariga maydonga tushishmoqda.

Osiyoning ikki yetakchi milliy jamoasi Yaponiya va Janubiy Koreya bugun, Yokohamadagi «Nissan» stadionida o‘zaro maydonga tushishdi. O‘rtoqlik uchrashuvida mezbonlar koreyslar ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yamane, Kamada va Endoning gollari kunchiqar yurt vakillariga g‘alaba keltirgan.

Shu kuni mehmonlar safida Son Hyon Min maydonga tushmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 25 mart
Yaponiya – Janubiy Koreya 3:0
Gollar: Yamane, 16 (1:0). Kamada, 27 (2:0). Endo, 83 (3:0).

image