fbpx Betguru » Villian: «Artetada dunyoning eng yaxshi murabbiyiga aylanish uchun hamma narsa bor. «Arsenal» ishonchli qo‘llarda»
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Villian: «Artetada dunyoning eng yaxshi murabbiyiga aylanish uchun hamma narsa bor. «Arsenal» ishonchli qo‘llarda»

«Arsenal» yarimhimoyachisi Villian jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.

«Menimcha, jamoaning loyihasi katta imkoniyatlarga ega. «Arsenal» – dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biriga aylanish uchun yuqori salohiyatga ega mutaxassis boshqaruvidagi klub.
Jamoada chempionlik uchun kurashish va Chempionlar Ligasiga qaytish uchun hamma narsa bor. Buni barcha futbolchilar xohlashadi.

Arteta har doim o‘yinchilar bilan shaxsan suhbatlashishga harakat qiladi. Mashg‘ulotlar tugagach, u biror o‘yinchini oldiga chaqiradi va nimani xohlayotganini tushuntiradi. Boshqacha aytganda, u har doim futbolchilarning eng yaxshi darajaga chiqishi uchun yordam berishga intiladi. U o‘z ishini yaxshi bajaradi, o‘yinchilarga g‘oyalar beradi va ularni boshqaradi. «Arsenal» ishonchli qo‘llarda», – deya Villianning so‘zlarini keltiradi ESPN.

image