fbpx Betguru » Ukraina 3-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi. Shevchenko shogirdlarining pley-offdagi raqibi ma’lum
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Ukraina 3-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi. Shevchenko shogirdlarining pley-offdagi raqibi ma’lum

Andrey Shevchenko boshqaruvidagi Ukraina milliy jamoasi Yevro-2020 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi. Читать на Рус языке 

«Ye» guruhida Ispaniya Slovakiyani (5:0), Shvetsiya Polshani (3:2) mag‘lub etgach, «S» guruhidagi Ukraina 3-o‘rin bilan nimchorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«F» guruhidagi o‘yinlardan qat’i nazar, ukrainlar 3-o‘rindagi jamoalar reytingida 4-o‘rindan pastga tushmasligi oydinlashdi.

Ma’lumot uchun, Ukraina o‘tgan 3 o‘yinda Niderlandiya (2:3) va Avstriyaga (0:1) mag‘lub bo‘lib, Shimoliy Makedoniya ustidan g‘alabaga (2:1) erishgandi.

Andrey Shevchenko boshqaruvidagi jamoa 1/8 finalda Shvetsiya jamoasiga qarshi saf tortadi.

image