fbpx Betguru » Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi xorijlik hujumchini tanladi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Ueyn Runi APL tarixidagi eng yaxshi xorijlik hujumchini tanladi

Hozirda «Derbi Kaunti» klubini boshqarayotgan «Manchester Yunayted»ning afsonaviy hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» forvardi Serxio Agueroning jamoani tark etayotganiga munosabat bildirdi.

«Aguero aqlbovar qilmas hujumchi. Uni Premer-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik goleadorlardan biri deb bilaman. Bu borada tanlash lozim bo‘lsa, Terri Anri – APLdagi eng yaxshi xorijlik forvard, ikkinchi o‘ringa Serxio Agueroni qo‘ygan bo‘lardim. Shuningdek, Rud van Nistelroy, Dennis Bergkamp va Erik Kantonani kuchli beshlikka kiritaman.

Keyingi mavsumda «Siti»da Agueroning o‘rni sezilishi aniq. U bu klub tarixini o‘zgartira olgan yetakchilar qatorida qoladi», – deya Runining so‘zlarini keltirmoqda Daily Star.

Ma’lumot uchun, argentinalik hujumchi «shaharliklar» safida 4 karra APL chempioni, 5 karra Liga kubogi g‘olibi va Superkubok sohibiga aylangandi

image