fbpx Betguru » Tomas Tuxel APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Tomas Tuxel APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

APL rasmiy sayti mart oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi murabbiyi nomini e’lon qildi.

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Premer-liganing mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. London klubi o‘tgan oyda 3 o‘yinda 2 g‘alaba va durang qayd etgan edi.

Nemis murabbiyidan tashqari, da’vogarlar ro‘yxatidan Grem Potter («Brayton», 2 g‘alaba va mag‘lubiyat), Brendan Rojers («Lester», 2 g‘alaba va durang) va Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted», 2 g‘alaba va durang) ham joy olgandi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» APL 29-turidan keyin 51 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Tuxel 25 yanvar kuni Frenk Lempard o‘rniga klub bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar va fevral oylarida «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola oy murabbiyi deb topilgand

image