← Go to the news
22.11.2021
129
Tennis. Zverev Medvedevni mag‘lub etib, ATP final turnirida g‘olib bo‘ldi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev ATP final turnirida g‘olib chiqdi.
Jahonning 3-raqamli tennischisi 1 soat 15 daqiqa davom etgan hal qiluvchi uchrashuvda rossiyalik Daniil Medvedevni (2-raqam) 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
E’tiborlisi, tennischilar turnirning guruh bosqichida ham to‘qnash kelishgan va unda Medvedev 3 set natijasiga (6:3, 6:7, 7:6) ko‘ra g‘olib bo‘lgandi.
Bu — Zverev uchun ATP turniridagi 2-sovrin. U 2018 yili finalda Novak Jokovichdan ustun kelib, ilk chempionligiga erishgandi.