fbpx Betguru » Tennis. O‘zbekiston 17 sentyabr kuni «Devis Kubogi»dagi ishtirokini boshlaydi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Tennis. O‘zbekiston 17 sentyabr kuni «Devis Kubogi»dagi ishtirokini boshlaydi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 17 sentyabr kuni «Devis Kubogi»dagi ishtirokini boshlaydi. Norvegiya poytaxti Osloda o‘tadigan bellashuvlarda O‘zbekiston mezbonlar bilan bahs yuritadi.

Turnirgacha jamoa Italiyaning Folino shahrida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Tennis federatsiyasi matbuot xizmati.

Tarkibdan Denis Istomin, Sanjar Fayziyev, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin, Farruh Dustov (sardor) o‘rin olgan. Murabbiy— Pyotr Lebed, maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy — Andre Sardi, menejer — Valeriy Lim, fizioterapevt shifokor — Sergey Rempel.

Jamoa tayyorgarligini O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bosh kotibi Iroda To‘laganova nazorat qilmoqda.

Agar O‘zbekiston Norvegiya to‘sig‘idan o‘tsa, jahonning eng kuchli 8ta jamoasi qatorida «Devis Kubogi»ning final bosqichi saralashida qatnashish yoki noyabr oyida qo‘shimcha o‘yinda ishtirok etadigan to‘rtta g‘olib qatoriga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

image