fbpx Betguru » Superliga. «Qizilqum» «Surxon»ni mag‘lub eta olmadi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

Superliga. «Qizilqum» «Surxon»ni mag‘lub eta olmadi

Navoiyda o‘tgan «Qizilqum» – «Surxon» uchrashuvi bilan Superliga 10-turiga start berildi. Читать на Рус языке

Uzoq tanaffusdan keyin davom ettirilgan Superliganing ushbu bahsi qiziqarli va shiddatli kurashlar ostida kechdi. Hisob 34-daqiqada termizliklar hujumchisi Jasur Xolto‘rayev tomonidan kiritilgan bo‘lsa, 56-daqiqada Erkin Boydullayev chiroyli zarbasi bilan farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

O‘yin yakuniga qadar ikki tomonda ham g‘alabani ilib ketish imkoniyati bor edi, ammo bahs durang natija bilan tugadi.

Natijada «Qizilqum» 11 ochko bilan 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Surxon» 8 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Superliga, 10-tur. 18 iyun, juma
«Qizilqum» – «Surxon» – 1:1
Gollar: Erkin Baydullayev 56 – Jasur Xolto‘rayev 34.
Hakam: Shavkat Nasibullayev (Namangan)
«Qizilqum»: 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Boydullayev, 7.Oybek Qilichev (10.Mate Vatsadze, 50), 8.Giorgiy Kuxianidze, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Jasur Azimov (21.Muhsin Ubaydullayev, 75), 19.Jamshid Hasanov (30.Elguja Grigalashvili, 50), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Sherali Jo‘rayev, 75.Oleg Tolmasov.
«Surxon»: 1.Azamat Ahmedov, 6.Alisher Salimov, 7.Islomjon Toshpo‘latov, 9.Nizom Norov (38.Muhammadali Abdurahmonov, 78), 14.Jasur Xolto‘rayev (10.Murod Bobojonov, 84), 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Husniddin G‘ofurov, 55.Sharafiddin Shobirov, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asror G‘ofurov.
Noaniq penalti: Oybek Qilichev, 11.

image