fbpx Betguru » Superliga. OKMK safarda «Turon»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Superliga. OKMK safarda «Turon»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Superliga 5-turi doirasida qoldirilgan «Turon» – OKMK uchrashuvi yakuniga yetdi.

Yaypanda o‘tgan bahsda Mirjalol Qosimov shogirdlari birinchi bo‘limda «Turon» darvozasiga yo‘l topa olmadi. Aksincha, Islombek Ismoilov shogirdlari hisobni ochishi mumkin edi. Ammo Dayan Ponevichning zarbasini Botirali Ergashev darvoza chizig‘i ichidan qaytargandek ko‘ringan bo‘lsa-da, hakamlar bu vaziyatda to‘p darvozaga kirmadi, deb hisoblashdi.

68-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Shoxruh Gadoyev chiroyli zarbasi bilan OKMKga muhim g‘alabani keltirgan gol muallifiga aylandi – 0:1. O‘yin yakuni ancha asabiy kechgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.

Natijada, OKMK 6 o‘yindan keyin 13 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Turon» ketma-ket 7-o‘yinda ham g‘alaba qozona olmaydi, so‘nggi o‘rinda qoldi.

Superliga, 5-tur
10 may (dushanba)
«Turon» – OKMK – 0:1
Hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Gol: Shoxruh Gadoyev, 68.
«Turon»: 87.Akmal Ortiqov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Jasur Hakimov (11.Asilbek Qayumov, 60), 10.Javohir Sohibov (3.Davron Umirov, 75), 17.Muzaffar Muzaffarov (32.Jahongir Mehmonov, 75), 19.Vladislav Kasminin, 30.Sinisha Babich (8.Sunnatillo Ermatov, 70), 43.Kim Boyong, 55.Deyan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzayev (23.Abdurahmon Abdulhaqov, 60).
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 5.Dilshod Jo‘rayev (4.Mirjamol Qosimov, 89), 22.Sanjar Shoahmedov (17.Sanjar Tursunov, 46), 94.Elvin Fortes (28.Shoxruh Gadoyev, 56), 9.Zafar Polvonov (18.Aleksandr Kasyan, 64), 11.Murod Toshmatov (10.Husniddin G‘ofurov, 46).

image