fbpx Betguru » Suares: «Atletiko» bilan g‘olib bo‘lish «Barsa»dagi chempionlikdan qadrliroq»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Suares: «Atletiko» bilan g‘olib bo‘lish «Barsa»dagi chempionlikdan qadrliroq»

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares La Liga g‘olibiga aylangach, yig‘lagani sababini aytdi. Читать на Рус языке

«Futbol ishqibozlari uchun yaxshi voqea bo‘ldi. Juda zo‘r bo‘ldi, lekin boshdan kechirgan voqealarim tufayli qiyin edi.

Albatta, La Ligada «Atletiko» bilan g‘olib bo‘lish «Barselona»dagi chempionlikdan qadrliroq. Ushbu sovrin men uchun katta ahamiyatga ega. Juda ko‘p qiynaldik. Bolalarim, rafiqam haqida o‘ylayman… La Ligadagi ushbu g‘alabadan so‘ng bolalarimning quvonchini hech qachon unutmayman.

Rafiqam bilan videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashdim. U men bilan birga yig‘ladi. U naqadar og‘ir lahzalarni boshdan kechirganimni biladi. «Barsa» meni asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatganida azoblangandim. Tizzam bezovta qildi, yaxshi davolanish va normal holatga qaytish uchun bolalarim bilan kamroq vaqt o‘tkazdim», — deya Suaresning so‘zlarini keltiradi COPE.

image