fbpx Betguru » Saloh: «Chempionlar Ligasida yaxshi natijaga erishishimizga ishonaman»
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Saloh: «Chempionlar Ligasida yaxshi natijaga erishishimizga ishonaman»

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh jamoaning holati haqida fikr bildirdi.

«So‘nggi o‘yinlardagi natijalarimizdan mamnunman. G‘alaba qozonishda davom etamiz, deb umid qilaman. Mavjud vaziyat va Premer-ligadagi o‘rnimiz tufayli barchamizga qiyin. Ammo ishonamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. Chempionlar Ligasida yaxshi natijalarga erishyapmiz.

Bu mavsumdagi o‘yinimni muhokama qilmoqchi emasman, chunki biz bir jamoamiz. Shuning uchun hammamiz qiyin mavsum o‘tkazdik, der edim. Oldinga siljishimiz va bo‘lajak bahslarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Keyingi o‘yinlarda 100% kuchimizni beramiz va umid qilamanki, YeCHLda yaxshi natijalar qayd etishda davom etamiz», — deya Salohning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Mersisayd klubi Chempionlar Ligasi chorakfinalida «Real» bilan to‘qnash keladi.

image