fbpx Betguru » RPL. «Zenit» Klaudinoning dubli evaziga «Rostov» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

RPL. «Zenit» Klaudinoning dubli evaziga «Rostov» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Rossiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda peshqadam «Zenit» o‘z maydonida «Rostov» bilan jangovar durang qayd etdi. Poloz va Komlichenkoning gollariga mezbonlardan Klaudino dubli bilan javob berdi.

«Zenit» ochkolarini 37taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Dinamo»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Rostov» 18 ochko bilan 11-o‘ringa joylashgan.

RPL. 17-tur
Zenit — Rostov 2:2
3 dekabr, «Gazprom Arena»
Gollar: Klaudino (31, 69 penalti) — Poloz (11, penalti), Komlichenko (25).
Zenit – Kerjakov, Karavayev, Rakitskiy, Chistyakov (Lovren, 37), Duglas Santos, Yeroxin (Barrios, 46), Kuzyayev (Mostovoy, 79), Vendel, Dzyuba (Sutormin, 84), Malkom (Ozmun, 46), Klaudino.
Rostov – Pesyakov, Terentev (Langovich, 70), Bashtush, Osipenko, Melexin (Suxomlinov, 83), Kalinin, Bayramyan, Glebov, Poloz (Folmer, 79), Komlichenko (Sou, 70), Almkvist.
Ogohlantirishlar: Chistyakov (9), Rakitskiy (27), Glebov (29), Yeroxin (42), Komlichenko (54), Terentev (59), Kalinin (61), Klaudino (78), Melexin (80), Sutormin (86).

image