fbpx Betguru » RPL. «Zenit» 6ta, «Lokomotiv» 5ta gol urdi, «Dinamo»da mag‘lubiyat
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

RPL. «Zenit» 6ta, «Lokomotiv» 5ta gol urdi, «Dinamo»da mag‘lubiyat

Rossiya chempionatining 27-turida o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam «Zenit» o‘z uyida «Rotor» darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi. «Lokomotiv» safarda autsayder «Tambov»ga 5ta to‘p kiritdi. «Dinamo» kutilmaganda o‘z uyida «Ximki»ga minimal hisobda yutqazib qo‘ydi.

«Zenit» 58 ochko bilan 1-o‘rinni, «Lokomotiv» 52 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Keyingi turda ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelishadi. Bu o‘yindagi g‘alaba Peterburg klubini muddatidan avval chempionga aylantiradi.

RPL, 27-tur, 24 aprel
Zenit — Rotor 6:0
Gollar: Kverkveliya (45+1, avtogol), Malkom (56), Mostovoy (65), Dzyuba (75), Yeroxin (77), Sutormin (87).
Zenit – Lunev, Duglas Santos, Chistyakov (Kravsov, 76; Xotulev, 83), Rakitskiy (Krugovoy, 61), Vendel, Mostovoy, Barrios (Ozdoyev, 61), Sutormin, Malkom, Driussi, Dzyuba (Yeroxin, 76).
Rotor – Chondrich, Serchenkov, Kverkveliya, Bayriyev, Davitashvili, Pesegov, Jigulev, Aleynik, Kipiani, Mullin (Vershkov, 68), Shetkin (Medved, 79).

Tambov — Lokomotiv 2:5
Gollar: Aliyev (45+2), Kaykov (78) — Krixovyak (40, 60), Smolov (47), Serkeyra (74), Ribus (80).
Tambov – Sыchev, Denisov, Kaykov, Gigashvili (Martinov, 72), Vasiyev, Karp (Terexov, 69), Kabaxidze (Drozdov, 72), Karapuzov, Bavin, Aliyev (Minayev, 69), Arxipov (Klimov, 78).
Lokomotiv – Kochenkov, Pablo, Ribus, Serkeyra, Magkeyev (Barinov, 46), Kulikov (Ignatev, 70), Ribchinskiy, Jemaletdinov (Muxin, 61), Krixovyak (Miranchuk, 79), Kamano (Lisakovich, 46), Smolov.

Dinamo M — Ximki 0:1
Gol: Glushenkov (90+2).

Ural — Axmat 1:1
Gollar: Augistinyak (58) — Sa’dullayev (11).

image