fbpx Betguru » RPL. «Ufa» «Spartak» bilan o‘yinda 90+5-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Oston O‘runov jarohat oldi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

RPL. «Ufa» «Spartak» bilan o‘yinda 90+5-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Oston O‘runov jarohat oldi

Rossiya Premer-ligasi 16-turi doirasida «Ufa» o‘z maydonida «Spartak»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Oston O‘runov o‘yinning 25-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, o‘yinning 70-daqiqasida Aleksey Nikitin Moskva klubi darvozasini ishg‘ol etib, ufaliklarga g‘alaba keltirishga yaqin edi.

Ammo 90+5-daqiqada Sobolev penaltidan gol kiritib, Moskva klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.

Shu tariqa, «Ufa» 16 ochko bilan 12-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Spartak» 20 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

RPL. 16-tur
Ufa – Spartak 1:1
Gollar: 1:0 – 70 Nikitin, 1:1 – 90+5, penalti Sobolev.
Ufa – Belenov, Nikitin, Juravlev, Botaka-Ioboma, Yokich (Aliyev, 81), Kamilov, O‘runov (Mrzlyak, 25), Fienko, Kasintura (Golubev, 85), Krotov (Pliyev, 81), Agalarov (Saplinov, 86).
Spartak – Selixov, Kofriye (Rasskazov, 68), Djikiya, Jigo, Ayrton, Lomovitskiy (Melnikov, 76), Litvinov, Umyarov, Larsson, Sobolev, Promes.
Chetlatish: Rasskazov (86).

image