fbpx Betguru » Ronalduning Serbiya darvozasiga urgan golini ko‘rmagan laynsmen Yevro-2020dan chetlatildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Ronalduning Serbiya darvozasiga urgan golini ko‘rmagan laynsmen Yevro-2020dan chetlatildi

Qanot hakami Mario Diks Danni Makkelining brigasidan chiqarildi.

Makkeli brigadasi JCH-2022 saralashi doirasida Serbiya — Portugaliya (2:2) bahsida ishlagan va o‘shanda 90+3-daqiqada mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan to‘p inobatga olinmagandi.

Aynan Diks bosh hakamga to‘p chiziqni kesib o‘tmaganligini aytgandi. Laynsmen ushbu xatosi tufayli Yevro-2020ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

«Brigadamizda Diksning o‘rnini Yan de Vris egallaydi. Bu haqda iloji boricha kamroq gapirishni afzal ko‘rardim. Mario bilan ko‘p yillar davomida ishladim, shuning uchun bu qiyin qaror ekanligini tushunasiz», — deydi Makkeli.

image