fbpx Betguru » Ronaldu: «Portugaliya milliy jamoasi sardori bo‘lish – katta g‘urur»
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Ronaldu: «Portugaliya milliy jamoasi sardori bo‘lish – katta g‘urur»

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralashi doirasida Serbiyaga (2:2) qarshi o‘yin oxiridagi mojaroli vaziyatga izoh berdi.

«Portugaliya milliy jamoasi sardori bo‘lish – hayotimdagi eng katta g‘ururlardan biri. Doim Vatanim uchun bor kuchimni beraman va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo og‘ir paytlar bo‘lishi ham mumkin, ayniqsa, butun bir xalq qiynalayotganini his qilsak. Boshingizni ko‘taring va navbatdagi vazifaga kirishing! Olg‘a, Portugaliya!» – deb yozadi futbolchi «instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, serblar bilan o‘yinning 90+3-daqiqasida Ronalduning goli inobatga olinmadi. Hakamlar darvoza chizig‘idan o‘tgan to‘pni hisoblashmadi. Yon hakam bilan janjallashgan portugallar sardoriga sariq kartochka ko‘rsatildi. Bahs yakuniga yetgach, Ronaldu sardorlik bog‘ichini uloqtirgan holda maydonni tark etdi.

image