← Go to the news
                 
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                        
         
                
                            26.05.2021
                                                                  162
                                    
                            
                        Ronaldu, Lukaku va Donnarumma A Seriya mavsum ramziy jamoasidan joy oldi
Mavsum davomida A Seriya o‘yinlari statistikasi va tahlilini yuritgan Opta portali Italiya chempionati joriy mavsum ramziy jamoasini tuzdi. Читать на Рус языке
Unga ko‘ra, «Inter»dan uch nafar, «Milan», «Atalanta» va «Yuventus»dan ikki nafardan futbolchilar ramziy jamoadan o‘rin olgan.
A Seriya mavsum ramziy jamoasi (Opta)
Darvozabon: Janluiji Donnarumma («Milan»).
Himoyachilar: Teo Ernandes («Milan»), Alessandro Bastoni, Stefan de Vrey (ikkisi ham – «Inter»), Xuan Kuadrado («Yuventus»).
Yarimhimoyachilar: Ruslan Malinovskiy («Atalanta»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Petr Zelinski («Napoli»).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Romelu Lukaku («Inter»), Luis Muriel («Atalanta»).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan