fbpx Betguru » «Roma» Mourino qo‘l ostidagi dastlabki o‘yinda 10:0 hisobida g‘alaba qozondi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

«Roma» Mourino qo‘l ostidagi dastlabki o‘yinda 10:0 hisobida g‘alaba qozondi

Joze Mourino boshqaruvidagi «Roma» birinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. «Bo‘rilar»ning raqibi Italiyaning quyi divizion vakillaridan biri «Montekatini» klubi bo‘ldi. Bellashuv rimliklarning 10:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Читать на Рус языке

Ispaniyalik hujumchi Borxa Mayoral het-trikka erishgan bo‘lsa, Karles Peres, Janluka Manchini, Rikkardo Kalafori, Nikolo Dzanolo, Nikola Zalevski va Amadu Diavara ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, raqib bir bor o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino «Roma»dagi faoliyatini 2021 yil 1 iyuldan boshladi. Portugaliyalik mutaxassis bungacha «Tottenhem», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Real», «Inter», «Portu», «Leyriya» va «Benfika» jamoalarini ham boshqargan.

image