fbpx Betguru » Rojers: «MYU»ni mag‘lub etish uchun har bir chiziqda mukammal o‘ynashimiz kerak edi – bunga erishdik»
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Rojers: «MYU»ni mag‘lub etish uchun har bir chiziqda mukammal o‘ynashimiz kerak edi – bunga erishdik»

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan «MYU»ga (3:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, juda xursandman. Jamoaviy o‘yin ko‘rsatdik. Har bir chiziqda mukammal o‘ynadik. Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi ochiq o‘ynashga jur’at etdik. Futbolchilar uchun juda xursandman. Bu natijaga loyiq edik.

Kelechi Iheanacho har doim jamoaga yordam beradi. Ehtimol, unda ko‘pincha o‘ziga ishonch yetishmagan, lekin u har kuni astoydil ishlaydi va bor kuchini beradi. Hozir uning ishonchi qanchalik o‘sganini ko‘ryapsiz. U eng yuqori formasida.

«MYU»ni 3:1 hisobida mag‘lub etish uchun har bir pozitsiyada mukammal o‘ynashingiz kerak – bunga erishdik. Futbolchilarga tarixdan joy olish uchun 3ta o‘yin qolganini aytgandim, endi 2ta qoldi.

To‘g‘ri yo‘nalishda qadamlar tashlayapmiz. G‘alabalarga istagimiz kuchli. Sinovlardan zavqlanamiz», – deya Rojersning so‘zlarini keltiradi VVS.

Ma’lumot o‘rnida, «Lester» turnir yarimfinalida «Sauthempton» bilan o‘ynaydi.

image