fbpx Betguru » Real Sosedad» — 2020 yilgi Ispaniya Kubogi g‘olibi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Real Sosedad» — 2020 yilgi Ispaniya Kubogi g‘olibi

Sevilya shahrida koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan 2020 yilgi Ispaniya Kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda basklarning ikki klubi — «Real Sosedad» va «Atletik» to‘qnash kelishdi. Mikel Oyarsabalning penaltidan urgan goli «Sosedad»ga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletik» Bilbao 17 aprel kuni 2021 yilgi Ispaniya Kubogi finalida ham maydonga tushadi. Raqib — «Barselona».

Ispaniya Kubogi-2020. Final
Atletik B — Real Sosedad 0:1
3 aprel, «Estadio de-la-Kartuxa»
Gol: Oyarsabal (63, penalti).
Atletik B — Unai Simon, Martines, Yeray Alvares, De Markos, Berchiche (Kapa, 90+3), Raul Garsiya, Vensedor (Unai Lopes, 68), Berenger (Vilyalibre, 76), Dani Garsiya (Vesga, 76), Muniain, Uilyams.
Real Sosedad — Remiro, Monreal, Le Norman, Gorosabel (Elustondo, 90+3), Subeldia, Merino, Subimendi, Portu (Barrenechea, 89), Silva (Gevara, 85), Oyarsabal, Isak (Fernandes, 89).

image