fbpx Betguru » Real» Mbappega 120 million yevro to‘lashga tayyor
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Real» Mbappega 120 million yevro to‘lashga tayyor

«Real» klubi «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirishni istamayotgan Kilian Mbappeni shu yilning o‘zidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Читать на Рус языке

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Mbappe «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmaslik masalasida qat’iy qarorga kelgan. Shunga qaramay, «Real» fransiyalik 22 yoshli goleadorni keyingi mavsumda erkin agentga aylanishini kutmoqchi emas.

Klub prezidenti Florentino Peres Mbappe yozgi transfer yakuniga qadar 120 million yevro evaziga sotib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq, Kilian 2022 yilda Madrid klubiga erkin agent sifatida o‘tishi, uning o‘rniga esa «PSJ»ga Krishtianu Ronaldu «Yuve»dan tekinga kelib qo‘shilishi haqida xabar berilgandi.

image