fbpx Betguru » Ramos: «Jamoaga eng muhim o‘yinlarda yordam bera olmasligimdan qayg‘udaman»
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Ramos: «Jamoaga eng muhim o‘yinlarda yordam bera olmasligimdan qayg‘udaman»

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jarohat tufayli YeCHL 1/4 finali doirasida «Liverpul»ga qarshi bahslar va La Ligada «Barselona» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgach, o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Haqiqat shuki, menda bir necha qiyin hafta bo‘ldi. Bir necha kundan beri o‘zimni yaxshi his qilayotgandim, ammo futbolda va hayotda omadsizlik ham muhim rol o‘ynaydi. Kosovo bilan (3:1) o‘yindan keyin chap boldirimda og‘riq sezdim. 1 aprel kuni tekshiruvdan o‘tdim va menda mushak jarohati borligi aniqlandi.

Bu meni qayg‘uga soldi, chunki mavsumning eng muhim o‘yinlarida jamoaga yordam bera olmayman. Hozir men qila oladigan yagona narsa – sizlar bilan ochiq gaplashish, astoydil ishlash va jamoani chin yurakdan qo‘llab-quvvatlash», – deydi futbolchi «instagram»dagi sahifasida.

image