fbpx Betguru » «PSJ» 2022 yilda Mbappe o‘rniga Ronalduni chaqiradi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

«PSJ» 2022 yilda Mbappe o‘rniga Ronalduni chaqiradi

«Pari Sen-Jermen» klubi prezidenti Nosir Al-Hilayfi keyingi mavsumdagi maqsadlari borasida bir qarorga kelgan. Читать на Рус языке 

AS nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi keyingi yozda shartnomasi tugaydigan Kilian Mbappe bilan kelishuvni uzaytira olmasligini tushunib yetgan bo‘lsa-da, fransiyalik 22 yoshli hujumchini bu mavsumda sotmoqchi emas. Kilian 2022 yil yozida «Real»ga erkin agent sifatida o‘tishi deyarli oydinlashgan.

Qayd etilishicha, «PSJ» rahbariyati Mbappe o‘rniga keyingi yozgi transfer oynasida Parijga yana bir yulduz – Krishtianu Ronalduni taklif etishga qaror qilgan. 2022 yilda Ronaldu «Yuve»ni erkin agent sifatida tark etib, Messi bilan bir klubda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq, «Yuve» Ronaldu bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emasligi haqida xabar qilingandi. Portugaliyalik forvardning Turindagi yillik maoshi 31 million yevroni tashkil etadi.

image