fbpx Betguru » Pochettino: «Mbappening yo‘qligi bahona bo‘la olmaydi, chunki yaxshi o‘ynadik»
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

Pochettino: «Mbappening yo‘qligi bahona bo‘la olmaydi, chunki yaxshi o‘ynadik»

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YeCHL yarimfinalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (0:2, 1:2) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Rejalashtirilganidek o‘ynadik. O‘yinni juda yaxshi boshladik, imkoniyatlar yaratdik va «Manchester Siti»dan ustunlik qildik. Bu oson emas. Hamma ham «Siti»dek jamoadan bilan bahsda ustunlikka erisha olmaydi.

Ba’zan futbolda ayrim epizodlarda omad kerak bo‘ladi. Raqib imkoniyatlaridan mukammal darajada foydalandi. Ular yuqori bosim qilayotganimizda gol urishdi.

«Man Siti»ni tabriklamoqchiman, chunki ular ajoyib mavsum o‘tkazishmoqda. Shu bilan birga futbolchilarimiz va jamoamiz bilan faxrlanaman.

Kilian Mbappening yo‘qligi bahona bo‘la olmaydi. Biz bir jamoamiz. Uning yordam bera olmagani achinarli, lekin bu bahona emas. Bu omilni bahona sifatida ishlatmaslik kerak, chunki «PSJ» yaxshi o‘ynadi», – deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti

image