fbpx Betguru » O‘zbekiston milliy jamoasi Chimyonda yig‘in o‘tkazadi. Saudiya Arabistoniga safar oldidan Avstraliya bilan o‘rtoqlik o‘yini belgilangan
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

O‘zbekiston milliy jamoasi Chimyonda yig‘in o‘tkazadi. Saudiya Arabistoniga safar oldidan Avstraliya bilan o‘rtoqlik o‘yini belgilangan

Iyun oyida JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistonidagi markazlashgan turnir startiga oz fursat qolmoqda.

Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda O‘zbekiston keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

O‘FA terma jamoalar bo‘limi va bosh murabbiy Vadim Abramov ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqishdi. Ushbu rejalar haqida terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Haydarov O‘FA rasmiy YouTube-kanaliga bergan intervyusida xabar bergan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inni 20 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazadi.

Safar oldidan sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.

28 may sanasida milliy jamoa delegatsiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya milliy jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Shunday so‘ng, milliy jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi va 7 iyun kuni o‘tadigan Singapur jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.

image