fbpx Betguru » OFK OCHLning «H» va «I» guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

OFK OCHLning «H» va «I» guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Chempionlar ligasi «H» va «I» guruhi o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishini rasman ma’lum qildi.

Osiyo Chempionlar ligasi sharq mintaqasining «H» va «I» guruhi o‘yinlari mezbonligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga topshirildi. Guruh bosqich o‘yinlari 25 iyundan 11 iyul kuniga qadar o‘tkaziladi.

«H» guruhidan «Gamba Osaka» (Yaponiya), «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya), «Sidney» (Avstraliya) va «Tampins Rovers» (Singapur) klublari joy olgan. «I» guruhidan esa «Beyszin Goan» (Xitoy), «Kavasaki Frontale» (Yaponiya) va «Seres» (Filippin) jamoalari joy olgan.

Avvalroq, ushbu uchrashuvlar Toshkentda o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

OFK bungacha sharq mintaqasining qolgan uchta guruhi – «F», «G» va «J» guruh bosqich o‘yinlari Tailandda o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, OCHLda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan «Paxtakor» va OKMK klublari guruh bosqichini BAA va Saudiya Arabistonida o‘tkazib, pley-offga chiqa olishmadi.

image