Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

OCHL 1/8 final o‘yinlari mezboni va sanasi e’lon qilindi. «Istiqlol» Eron klubini Dushanbeda qabul qiladi

OFK Osiyo chempionlar ligasi «G‘arb» mintaqasi nimchorakfinal uchrashuvlari mezboni va sanasini e’lon qildi. Читать на Рус языке

Unga ko‘ra, 1/8 finalga yo‘llanma olgan jamoalardan Tojikistonning «Istiqlol» va Eronning «Persepolis» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bir o‘yindan iborat pley-off uchrashuvi 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Birlashgan Arab Amirliklarining «Shardja» va «Al-Vahda» klublari o‘rtasidagi o‘yin esa BAAning o‘zida o‘tkaziladi.

1/8 finalning qolgan ikki juftligida ro‘baro‘ keladigan Eron va Saudiya Arabistoni klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy ziddiyat tufayli neytral maydonda o‘tkazilishi e’lon qilingan. «Istiqlol» (Eron) — «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) hamda «An-Nassr» (Saudiya Arabistoni) — «Traktor» (Eron) o‘yinlari o‘tadigan neytral stadion tez orada ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, OCHL-2021 guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Olmaliqning OKMK klubi «A» guruhida «Istiqlol» va «Al-Hilol»dan ortda qolib 1/8 finalga chiqa olmagan bo‘lsa, «Paxtakor» «B» guruhida «Traktor» va «Sharja»dan ortda qolib, pley-offga yo‘llanma olmagan edi.

OCHL. «G‘arb» mintaqasi. 1/8 final.
13 sentyabr (dushanba)
«Istiqlol» (Eron) — «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Sharja» (BAA) — «Al-Vahda» (BAA)

14 sentyabr (seshanba)
«Istiqlol» (Tojikiston) — «Persepolis» (Eron)
«An-Nassr» (Saudiya Arabistoni) — «Traktor» (Eron).

Eslatib o‘tamiz, OCHL «Sharq» mintaqasi guruh bosqich o‘yinlari endi boshlanmoqda.