fbpx Betguru » Nitssa» — «Marsel» o‘yini qayta o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mezbonlardan ochko olib tashlandi, Payetda diskvalifikatsiya
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Nitssa» — «Marsel» o‘yini qayta o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mezbonlardan ochko olib tashlandi, Payetda diskvalifikatsiya

Fransiya professional futbol ligasi (LFP) chempionatning 3-turidan o‘rin olgan «Nitssa» — «Marsel» bahsi bo‘yicha qarorlar qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 75-daqiqada mehmon jamoa a’zolari va mezbon muxlislar o‘rtasidagi janjal tufayli to‘xtatilgandi. O‘shanda «Nitssa» 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgandi.

Qarorga ko‘ra, o‘yin muxlislarsiz neytral maydonda qayta o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, «Nitssa»dan 2 ochko olib tashlanadi, ularning bir shartli. Shuningdek, mezbonlar 3ta o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazishadi.

«Marsel» fizioterpavti Pablo Fernandes 2022 yil 30 iyungacha futboldan chetlatildi. Himoyachi Alvaro Gonsales 2ta, yarimhimoyachi Dimitri Payet 1ta bahsga diskvalifikatsiya qilindi.

image