Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

«MYU» Varan bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolanganini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» «Real» himoyachisi Rafael Varan bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Читать на Рус языке

Fransiyalik futbolchi bilan 2025 yilga qadar kelishuv imzolangan. Varan manchesterliklar safida 19-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.

«Yunayted» APL 1-turi doirasida «Lids»ga qarshi o‘yin oldidan yangi futbolchini «Old Trafford»da muxlislar qarshisida tanishtirdi.

Avvalroq, «MYU» 28 yoshli fransiyalik himoyachi transferi uchun Madrid klubiga 50 million yevroga to‘lashi haqida xabar qilingandi.