fbpx Betguru » MYU», «Lester» va APLning yana 2 klubi «Arsenal» himoyachisi uchun da’vogar
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

MYU», «Lester» va APLning yana 2 klubi «Arsenal» himoyachisi uchun da’vogar

«Vest Bromvich»da ijara harakat qilayotgan, aslida «Arsenal»ga tegishli bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi Eynsli Meytlend-Nayls yozda London klubidan ketmoqchi.

The Telegraph’ning yozishicha, 23 yoshli ingliz «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta uni asosiy tarkibda o‘ynatishiga ishonmayapti. Eynsli «Vest Bromvich»da ham qolmoqchi emas, chunki «qorayaloqlar» mavsum oxirida Premer-ligani tark etishga yaqin.

Manbaga ko‘ra, «Vulverhempton», «Lester», «Sauthempton» va «Manchester Yunayted» himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda.

Meytlend-Nayls bu mavsumda APLda 18ta o‘yin o‘tkazib, gol ham urmadi, golga assistentlik ham qilmadi.

image