fbpx Betguru » «MYU» himoyachisi «Aston Villa»ga o‘tdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

«MYU» himoyachisi «Aston Villa»ga o‘tdi

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Aksel Tuanzebe yangi mavsumni «Aston Villa»da boshlaydigan bo‘ldi. Читать на Рус языке

Birmingem klubi 23 yoshli himoyachini bir mavsumga ijaraga olganini e’lon qildi. Asli kongolik bo‘lgan markaziy himoyachi uchun «Nyukasl» ham kurash olib borayotgan edi, ammo «MYU» uni Birmingem klubiga ijaraga berdi.

Avvalroq, «MYU» Rafael Varan transferini e’lon qilgach, klub bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Tuanzebe o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berilishini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Tuanzebe o‘tgan mavsum «MYU» safida jami 12 o‘yinda maydonga tushgan edi.

image