← Go to the news
30.11.2021
104
Messi — 7 karra «Oltin to‘p» sohibi
«PSJ» hujumchisi Lionel Messi 2021 yilgi «Oltin to‘p» sohibiga aylandi.
Argentinalik 34 yoshli futbolchi faoliyatida 7-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Messi yakunlanayotgan yilda Argentina bilan Amerika Kubogida g‘olib bo‘ldi, «Barselona» safida Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, La Ligada eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Kuchli beshlikdan «Bavariya»ning polshalik forvardi Robert Levandovski (2), «Chelsi»ning italiyalik yarimhimoyachisi Jorjino (3), «Real»ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema (4), «Chelsi»ning fransiyalik yarimhimoyasi Ngolo Kante (5) ham o‘rin oldi.