fbpx Betguru » Mauritsio Sarri – «Latsio» bosh murabbiyi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Mauritsio Sarri – «Latsio» bosh murabbiyi

«Yuventus» sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Rimning «Latsio» klubi ustoziga aylandi. Читать на Рус языке

Rim klubi tvitterdagi sahifasida sigareta emodzisini e’lon qilib, Sarrining tayinlanganiga ishora qildi. Italiyalik insayder va jurnalist Fabritsio Romano ham Sarri «Latsio» bosh murabbiyiga aylanganini tasdiqladi. Italiyalik 62 yoshli mutaxassis «burgutlar» bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Sarri 2020 yilda «Yuventus» bilan chempionlikka erishganidan keyin iste’foga chiqib, hozirgacha ishsiz edi. U bungacha «Chelsi», «Napoli», «Empoli» va boshqa klublarda faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Latsio» A Seriya joriy mavsumida Simone Indzagi qo‘l ostida 6-o‘rinni egallagan va mavsum yakunlangach, Indzagi Antonio Konte o‘rniga «Inter» bosh murabbiyiga aylangandi.

image