fbpx Betguru » Manba: Messi «Barselona» bilan 5 yillik kelishuvga erishdi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Manba: Messi «Barselona» bilan 5 yillik kelishuvga erishdi

«Barselona» klubi va Lionel Messi yangi shartnoma imzolash masalasida kelishuvga erishishdi, deya xabar bermoqda Diario Sport. Читать на Рус языке

Manba xabariga ko‘ra, tomonlar 5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar 2 yillik kelishuv masalasini ko‘rib chiqayotganiga qaramay, klub argentinalik 34 yoshli hujumchisi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashga qaror qilgan. Messining o‘zi ham yana 5 yil yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, 5 yillik shartnoma imzolash uchun Lionel klubning oylik maoshini 50 foizga qisqartirish shartiga ham ko‘ngan. Jamoa sardori klubdoshlariga bu borada o‘rnak bo‘lish uchun moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan klubi so‘rovini rad etmagan. Kelishuvning so‘nggi detallari hal etilmoqda, yangi shartnoma haqida iyul oyi oxirida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

L’Esportiu de Catalunya’ning yozishicha, klub shartnomada Messining tovon puli miqdori sifatida 600 million yevro yozgan. Futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha dastlabki yilgi maoshi 20 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Messining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgach, futbolchi hozirga qadar erkin agent hisoblanadi

image