fbpx Betguru » Manba: Luis Suares 3 haftaga safdan chiqdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Manba: Luis Suares 3 haftaga safdan chiqdi

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares bugun, 7 aprelda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda oxirigacha qatnasha olmadi.

Marca’ning yozishicha, urugvaylik 34 yoshli futbolchi mushaklaridan jarohat oldi.

AS’ning xabar qilishicha, Luisning tiklanishiga 3 hafta kerak bo‘ladi. U 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Elche»ga qarshi o‘yinda safga qaytadi.

Ma’lumot o‘rnida, «matraschilar» 9 may kuni mehmonda «Barselona» bilan to‘qnash kelishadi.

Suares bu mavsumda 19ta gol bilan «Atletiko»ning La Ligadagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

image